Jizzax Viloyat Axborot Kutubxona Markazi

JizzaxAKM


Iqtibos

Har bir insonda boshqalarga aytmaydigan orzusi bo‘ladi, yana shunday xohishi ham bo‘ladiki, uni o‘zi ham bilmaydi

— Zigmund Freyd

Valyuta kurslari

1 EUR = 9531.94 so'm
1 RUB = 136.86 so'm
1 USD = 8093.00 so'm

Ob-havo

-3.5 °C

Jizzax viloyati
2017-12-15 05:00:00

Murojaatlar statistikasi

Jami murojaatlar::36(100%)

Javob berilgan: 10(28%)

60% Complete (warning)

Ko'rib chiqilmoqda: 26(72%)

40% Complete (success)

Rad etilgan: 0(0%)

80% Complete (danger)

2017- Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili


«XALQ BILAN MULOQOT VA INSON MANFATLARI YILI» DAVLAT DASTURI TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” davlat dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish haqida farmoyish imzoladi,deya xabar bermoqda UzDaily. Hujjatga muvofiq ushbu davlat dasturi bir oy davomida ishlab chiqiladi.

Prezident

O‘zbekiston rahbari davlat dasturining birlamchi vazifalarini belgilab berdi. Xususan, dastur joylarda qabul qilingan qonunlar, buyruqlar va boshqa qonunchilik hujjatlariga rioya qilinishi, davlat organlarining o‘zlariga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarish bo‘yicha faoliyatining samaradorligi ustidan parlament va jamoatchilik nazorati mexanizmlarini shakllantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi.

Farmoyishda ta’kidlanishicha, dastur doirasida aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yishning yangi samarali mexanizmlari va uslublari joriy etiladi.

Dastur, shuningdek, barcha hokimlar, prokuratura va ichki ishlar organlari rahbarlarining aholi oldida hisob berish tizimini joriy etishni ko‘zda tutishi kerak.

Bundan tashqari, aholiga talab katta bo‘lgan davlat xizmatlarini “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha bir muassasa orqali ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilindi. “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish borasida ham choralar ko‘riladi.

Aholining huquqiy madaniyati va moliyaviy-iqtisodiy savodxonligini oshirish hamda fuqarolarni qonunga hurmat ruhida tarbiyalash tizimini shakllantirish bo‘yicha tadbirlar ham davlat dasturiga kiritiladi.

Dastur iqtisodiyotni boshqarishda davlat rolini kamaytirish choralarini nazarda tutadi. Shuningdek, mamlakat iqtisodiyoti taraqqiyotini ta’minlash hamda iqtisodiyotni isloh qilish va erkinlashtirish ishlarini kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilindi. Dastur kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, tadbirkorlik faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha chora-tadbirlarni ham o‘z ichiga oladi.

Ish haqi, pensiya, nafaqa, stipendiyalar miqdorini oshirish, aholi turmush darajasi va sifatini oshirish ham dasturdagi birlamchi jihatlarga aylanadi.

Foydali havolalar

O’zbekiston Respublikasi Hukumat portali

www.gov.uz

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis qonunchilik palatasi

www.parliament.gov.uz

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

www.mitc.uz

ZiyoNET
axborot ta’lim tarmog’i

www.ziyonet.uz
Copyright © 2001-2015
Jizzaxakm.uz Sayt ma'lumotlaridan to'liq yoki qisman foydalanganda va materiallarga tayanib chop etilganda ushbu, www.jizzaxakm.uz rasmiy veb-sayti uchun link ko'rsatilishi shart Barcha huquqlar himoyalangan.