Jizzax Viloyat Axborot Kutubxona Markazi

JizzaxAKM


Iqtibos

So‘z arzon. Aytish mumkin bo‘lgan eng katta narsa esa – fil

— Charli Chaplin

Valyuta kurslari

1 EUR = 9531.94 so'm
1 RUB = 136.86 so'm
1 USD = 8093.00 so'm

Ob-havo

-3.5 °C

Jizzax viloyati
2017-12-15 05:00:00

Murojaatlar statistikasi

Jami murojaatlar::36(100%)

Javob berilgan: 10(28%)

60% Complete (warning)

Ko'rib chiqilmoqda: 26(72%)

40% Complete (success)

Rad etilgan: 0(0%)

80% Complete (danger)

Al-Xorazmiy


Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy – (taxminan 780850 yillarda yashagan) – mashhur Markaziy Osiyolikqomusiy olim.

U taxminan, 780-yilda Xorazmda[1] (hozirgi Xivada, Oʻzbekiston) dunyoga kelgan va 850-yillarda Bag’dodda vafot etgan. Al-Xorazmiy oʻz umrining aksariyatini Bagʻdodda Bayt ul-Hikmada olim sifatida faoliyat yuritdi.

Uning Algebra asari chiziqli va kvadrat tenglamalarning tizimli yechimi toʻgʻrisidagi birinchi kitobdir. Shu sababdan, u Diofant kabi «algebra fanining otasi» degan unvonga sazovor boʻldi.[2] Uning hind raqamlari haqidagi Arifmetika asarining Lotin tiliga tarjimasi 12-asrda Gʻarb olamiga oʻnlik raqamlar tizimi haqidagi tushunchani olib kirdi.[3] Al-Xorazmiy Batlimusning «Joʻgʻrofiya» asarini koʻrib chiqib, yangiladi va shuningdek, uning oʻzi ham astronomiya va astrologiyaga oid bir qancha asarlar yaratdi.

Al-Xorazmiy nafaqat matematika sohasiga, balki shuningdek tillarga ham katta hissa qoʻshqan olimdir. «Algebra» soʻzi, olimning kitobida qayd etilishicha, kvadrat tenglamani yechishda qoʻllaniladigan 2 amaliyotning biri nomidan olingandir. «Algoritm» soʻzining oʻzagi esa Algoritmi boʻlib, u olimning ismini Lotinlashtirishdan kelib chiqqan.[4] Shuningdek, ispan tilidagiguarismoʻ’[5] va portugal tilidagi algarismoʻ’ soʻzlari ham(ikkalasi ham raqam maʼnosini beradi) uning ismidan kelib chiqqan. 1973 yilda Xalqaro astronomiya ittifoqi Oydagi kraterni Al-Xorazmiy nomi bilan atadi. Al-Xorazmiy krateri Oyning Yerga teskari tomonida ekvatorga yaqin joylashgan.

Foydali havolalar

O’zbekiston Respublikasi Hukumat portali

www.gov.uz

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis qonunchilik palatasi

www.parliament.gov.uz

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

www.mitc.uz

ZiyoNET
axborot ta’lim tarmog’i

www.ziyonet.uz
Copyright © 2001-2015
Jizzaxakm.uz Sayt ma'lumotlaridan to'liq yoki qisman foydalanganda va materiallarga tayanib chop etilganda ushbu, www.jizzaxakm.uz rasmiy veb-sayti uchun link ko'rsatilishi shart Barcha huquqlar himoyalangan.