Jizzax Viloyat Axborot Kutubxona Markazi

JizzaxAKM


Iqtibos

Men kutubxonada ta’lim olganman, bepul

— Rey Bredberi

Valyuta kurslari

1 EUR = 9531.94 so'm
1 RUB = 136.86 so'm
1 USD = 8093.00 so'm

Ob-havo

-3.5 °C

Jizzax viloyati
2017-12-15 05:00:00

Murojaatlar statistikasi

Jami murojaatlar::36(100%)

Javob berilgan: 10(28%)

60% Complete (warning)

Ko'rib chiqilmoqda: 26(72%)

40% Complete (success)

Rad etilgan: 0(0%)

80% Complete (danger)

Jizzax shaxridagi Institut, kollejlarning ijodkor talabalari o‘rtasida Sh.Rashidov nomidagi AKM , San’at kolleji, Jizzax viloyat yozuvchilar uyushmasi hamkorligida “Umid nihollari” ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi.


Ko‘rik tanlov Jizzax San’at kolleji katta zalida bo‘lib o‘tdi. Tanlovda Sh.Rashidov nomidagi viloyat AKM Yoshlari bilan ma’naviy ma’rifiy ishlash sektori yetakchisi  B.Po‘latova boshlovchilik qildi. Tanlov ikki hil “Nazm” va “San’at” yo‘nalishida bo‘lib o‘tdi.  B.Po‘latova o‘z nutqida tanlovga “Umid nihollari”  deb nom berdim. Tanlovdagi ishtirokchilar bizning kelajak umidimiz ular nihollar ozgina e’tibor shu nihollarni ko‘kka bo‘y cho‘zishiga sabab bo‘ladi va buning aksi ya’ni e’tiborsizlik esa niholni nobut bo‘lishiga olib kelishi mumkin deya alohida ta’kidlab,  Jizzax ovozi Bosh muxarrir o‘rinbosari  A.Mustafoyevga birinchi so‘z novbatini berdi. A.Mustafoyev ishtirokchilarga qarata she’riyat bilan san’at chambarchas bog‘liq ekanligini san’at she’riyatdan tug‘ilishini alohida aytib o‘tdi. Shuning bilan baholovchi hakamlar   Jizzax ovozi Bosh muxarrir o‘rinbosari  A.Mustafoyev, Yozuvchilar uyushmasi raisi M.Abduraxmonova, Jizzax San’at kolleji     Maxsus musiqa fanlari kafedrasi mudiri  J..Siddiqov,   Kamolot YOIH viloyat kengashi bo‘limi mudiri F.Sultonovlar tanishtirib o‘tildi. Birinchi bo‘lib “Nazm” yo‘nalishi bo‘yicha bir nafar ijodkor talaba sahnaga taklif etildi shu tariqa bitta “Nazm” bitta “San’at” yo‘nalishi bo‘yicha iqtidorli talabalar o‘z mahoratlarini namoyish etishdi.  bir- biridan ajoyib she’riy chiqishlar va kuy qo‘shiqlar. Dillarga orom berdi. Ijodkorlar tomonidan  insonni junbushga keltirib, o‘ylashga chorlovchi ibratomuz  aforizm va qatralar ham  o‘qib berildi.. San’at kolleji Ingiliz tili o‘qituvchisi, xotin qizlar qumitasi raisi ijodkor Simova Madina iqtidorli talabalarga ijodiy ishlarida muvoffaqiyatlar tilab o‘z ijodidan ishtirokchilarni bahramand etdi. Mana shunday ko‘rik tanlovlarni tashkil qilinib turishi ijodkorlarda fikr almashish imkoni tug‘ilishida, qolaversa yoshlarimizning o‘z ustida ishlashiga turtki bo‘lishida samarali vosita deb bilaman deb, aytib o‘tdi. Shuning bilan tanlov so‘ngida Yozuvchilar uyushmasi raisi M.Abduraxmonova so‘zga chiqib, “Nazm” yo‘nalishi bo‘yicha qatnashchilarni qayerda hato kamchiliklarga yo‘l qo‘yganligi va qayerda ijobiy jihatlari borligini sinchiklab alohida yo‘l yo‘riqlar ko‘rsatib o‘tdi. Jizzax ovozi Bosh muxarrir o‘rinbosari A.Mustafoyev ham o‘z fikr mulohazalarini bildirib, “Nazm” yo‘nalishi bo‘yicha AKM ma’muriyati tomonidan taayorlangan 1-darajali diplom bilan “Tibbiyot kolleji” talabasi M.Nazarmatovani 2-darajali diplom bilan San’at kolleji talabasi G.Qudratovani 3-darajali diplom bilan S.Nizomovani taqdirladi.”San’at” yo‘nalishi bo‘yicha Maxsus musiqa fanlari kafedrasi mudiri J..Siddiqov, so‘zga chiqib. Talabalarning yo‘l qo‘ygan hato kamchiliklari va ijobiy tomonlari haqida fikr mulohazalar bildirib, 1-darajali diplom bilan “Akademik xonandalik” F.Ulug‘nazarovani 2-darajali diplom bilan “Akademik xonandalik” X.Tojiboyevni hamda 3-darajali diplom bilan “Estrada xonandalik” bo‘limi talabasi A.Bahodirovni taqdirladi.
Ko‘rik tanlov sermazmun va qiziqarli bo‘lib o‘tdi tanlovda 75 ta kitobxon qatnashdi.

Foydali havolalar

O’zbekiston Respublikasi Hukumat portali

www.gov.uz

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis qonunchilik palatasi

www.parliament.gov.uz

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

www.mitc.uz

ZiyoNET
axborot ta’lim tarmog’i

www.ziyonet.uz
Copyright © 2001-2015
Jizzaxakm.uz Sayt ma'lumotlaridan to'liq yoki qisman foydalanganda va materiallarga tayanib chop etilganda ushbu, www.jizzaxakm.uz rasmiy veb-sayti uchun link ko'rsatilishi shart Barcha huquqlar himoyalangan.