Jizzax Viloyat Axborot Kutubxona Markazi

JizzaxAKM


Iqtibos

Hammaga do‘st bo‘lgan kishi hech kimga do‘st emas

— Aristotel

Valyuta kurslari

1 EUR = 9515.80 so'm
1 RUB = 140.84 so'm
1 USD = 8058.77 so'm

Ob-havo


Warning: file_get_contents() [function.file-get-contents]: http:// wrapper is disabled in the server configuration by allow_url_fopen=0 in /home/jizzaxa/public_html/wp-content/plugins/weather_uz/weatheruz.php on line 14

Warning: file_get_contents(http://www.meteo.uz/api/v2/current-weather_uz.json) [function.file-get-contents]: failed to open stream: no suitable wrapper could be found in /home/jizzaxa/public_html/wp-content/plugins/weather_uz/weatheruz.php on line 14

Murojaatlar statistikasi

Jami murojaatlar::36(100%)

Javob berilgan: 10(28%)

60% Complete (warning)

Ko'rib chiqilmoqda: 26(72%)

40% Complete (success)

Rad etilgan: 0(0%)

80% Complete (danger)

Anjuman va seminarlar


Keng kitobxonlarga kutubxona xizmati ko‘rsatishda kutubxonachilarning bilim va ko‘nikmalari etarli darajada bo‘lishida axborot – kutubxona muassasalari xodimlarining malkasini oshirishda nimalarga e’tibor berilishi kerak, qanday malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi hamda nimalarni bilmog‘i lozimligi asosida kutubxonachilar oldiga quyidagi talablarni qo‘ymoqda:

 

  • Kutubxonalarda me’yoriy xujjatlar yuritish tartiblarini bilish;
  • Axborotlashtirish sharoitida kutubxonachilik ishini samarali ta’minlash uchun zarur bo‘lgan fundamental bilimlarni puxta egallashni;
  • Kutubxona texnologiyalarini chuqur va har tomonlama bilishni;
  • Axborot oqimlarini boshqarish va ko‘p aspektli qidirish imkoniyatlaridan foydalana bilishni;
  • Kutubxonaga kelgan kitobxonga yuqori darajada xizmat ko‘rsata bilishni;
  • kutubxonachilik ishidagi me’yoriy hamda huquqiy xujjatlarni yurita bilishni;

Mana shunday vazifalarni bajarishda etarlicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari yuzasidan   22 may kuni  SHarof Rashidov nomidagi Jizzax viloyat Axborot – kutubxona markazida o‘rta maxsus kasb-hunar boshqarmasi qarashli     Mirzacho‘l, Paxtakor, Forish, YAngiobod tumanlari hamda Jizzax shahridagi kollej, litseylarning axborot – kutubxona muassasa rahbarlari, mas’ul mutaxassislari ishtirokida “Axborot – kutubxona muassasalarida  me’yoriy  hamda huquqiy xujjatlar asosida ish olib borish”  mavzusidagi o‘quv – amaliy seminari bo‘lib o‘tdi. O‘quv –amaliy seminarini  Axborot – kutubxona markazi direktori Hafiza Qudratova ochib berdi hamda  kutubxonachilik sohaga berilayotgan imkoniyatlar, o‘zgarishlar haqida gapirib o‘tdi. O‘quv – amaliy seminari davomida “Axborot – kutubxona muassasalarida huquqiy xujjatlar asosida ish olib borish”, “Axborot – kutubxona muassasalarida me’yoriy xujjatlar bilan ishlash tartibi” hamda “Axborot – kutubxona muassasalarining ilmiy –metodik ishlari” mavzulari ososida ma’ruzalar tinglandi. O‘quv –seminari davomida nazariy olgan bilimlarini tinglovchilar amaliy tarzda mustahkamlashlari uchun krasvordlar, nazorat savollarini to‘ldirish mashg‘ulotlari o‘tkazildi. O‘quv – seminari savol –javoblarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi. Bulardan tashqari  axborot – kutubxona muassasa xodimlariga Axborot – kutubxona markazining bo‘limlari hamda ularning ish faoliyatlari bilan yaqindan tanishtirildi.

Hozirgi davrda axborot ko‘lamining kengligi va tezkorligi axborot – kutubxona muassasa xodimlarining doimiy ravishda o‘z malakasini oshirib borishini talab etadi. Demak, axborot – kutubxona muassasa xodimlarining o‘z malakalarini uzluksiz ravishda oshirib borishi ularning kasbiy bilimlarini va ko‘nikmalarini chuqurlashtirish hamda yangilanishini ta’minlaydi.

SHunday o‘quv –amaliy seminarlari axborot – kutubxona markazining yillik chora – tadbirlar rejasi asosida doimiy ravishda olib boriladi.

 

 

Foydali havolalar

O’zbekiston Respublikasi Hukumat portali

www.gov.uz

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis qonunchilik palatasi

www.parliament.gov.uz

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

www.mitc.uz

ZiyoNET
axborot ta’lim tarmog’i

www.ziyonet.uz
Copyright © 2001-2015
Jizzaxakm.uz Sayt ma'lumotlaridan to'liq yoki qisman foydalanganda va materiallarga tayanib chop etilganda ushbu, www.jizzaxakm.uz rasmiy veb-sayti uchun link ko'rsatilishi shart Barcha huquqlar himoyalangan.