Jizzax Viloyat Axborot Kutubxona Markazi

JizzaxAKM


Iqtibos

Har bir insonda boshqalarga aytmaydigan orzusi bo‘ladi, yana shunday xohishi ham bo‘ladiki, uni o‘zi ham bilmaydi

— Zigmund Freyd

Valyuta kurslari

1 EUR = 9531.94 so'm
1 RUB = 136.86 so'm
1 USD = 8093.00 so'm

Ob-havo

-3.5 °C

Jizzax viloyati
2017-12-15 05:00:00

Murojaatlar statistikasi

Jami murojaatlar::36(100%)

Javob berilgan: 10(28%)

60% Complete (warning)

Ko'rib chiqilmoqda: 26(72%)

40% Complete (success)

Rad etilgan: 0(0%)

80% Complete (danger)

Muhim va unutilmas sanalar


Yanvar

1 yanvar – Yangi yil bayrami.Yangi yilning birinchi kuni.
1 yanvar – «XXI asr» ijtimoiy-siyosiy gazetasining ilk soni nashr etilgan kun (2004).
1 yanvar – “Xalq so‘zi” gazetasi nashrining 25 yilligi (1991).
1 yanvar – O‘zbekiston xalq artisti, O‘zbekiston Qahramoni Zikir (Zokir) Muhammadjonov (1921-2012) tavalludining 95 yilligi.

1 yanvar – Opera xonandasi, O‘zbekiston xalq artisti Salimaxon Shoyusupovna Xo‘jaeva (1916-2004) tavalludining 100 yilligi.

2 yanvar – O‘zbekiston Respublikasi Jahon meteorologiya tashkilotiga (JMT) a’zo bo‘lgan kun (1993).

3 yanvar – O‘zbekiston Respublikasi Milliy davlat kitob palatasi tashkil topgan kun (1926-2012). (Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 14 noyabrdagi 302-son 9-band qaroriga asosan 2012 yil yanvar oyidan boshlab kitob palatasining funksiyalari O‘zbekiston Milliy Kutubxonasiga yuklatilgan).
3 yanvar – Adabiyotshunos olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, filologiya fanlari doktori, professor Umarali Normatov (1931) tavalludining 85 yilligi.
4 yanvar – «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasi nashrining 60 yilligi (1956).
4 yanvar – O‘zbekiston xalq artisti, Qo‘qon teatrining aktrisasi Shafoat Rahmatullaevaning (1941) tavalludining 75 yilligi.

5 yanvar – Rassom, pedagog, O‘zbekiston BA akademigi, O‘zbekiston xalq rassomi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Malik Nabiev (1916-2008) tavalludining 100 yilligi.

10 yanvar – Ichki qo‘shinlar tashkil topgan kun (1992).
13 yanvar – Dirijor, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Fazliddin Shamsiddinov (1916-1980) tavalludining 100 yilligi.

14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni (1993).

15 yanvar – Farg‘ona viloyati tashkil topgan kun (1938).

15 yanvar – Adabiyotshunos, matnshunos, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi Abdurashid Xo‘jaevich Abdug‘afurov (1931-2005) tavalludining 85 yilligi.
16 yanvar – O‘zbekiston xalq artisti, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, rejissyor Shuhrat Solihovich Abbosov (1931) tavalludining 85 yilligi.
16 yanvar – O‘zbekiston xalq artisti, aktrisa Ikroma Boltaeva (1916-1993) tavalludining 100 yilligi.

19 yanvar – Adabiyotshunos, manbashunos, O’zbekistonda xizmat kursatgan fan arbobi, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi, filologiya fanlari doktori Qayumov Azizxon Pulatovich (1926) tavalludining 90 yilligi.
23 yanvar – Milliy gvardiya tashkil etilgan kun (1992).
23 yanvar – Kamoliddin Behzod nomidagi O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofoti ta’sis etilgan kun (1997).
24 yanvar – Respublika baynalmilal madaniyat markazi tashkil topgan kun (1992).
26 yanvar – Butunjahon Bojxonachilar kuni (1983).
28 yanvar – “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniya tashkil topgan kun (1992).
28 yanvar – O‘zbekiston Xalq artisti, xoreografiya professori Bernora Rahimovna Qorieva (1936) tavalludining 80 yilligi.
30 yanvar – O‘zbekiston Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotiga qabul qilingan kun (1992).
30 yanvar – O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti, davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘anievich Karimov tavallud topgan kun (1938).
31 yanvar – Zargarlar kasb bayrami.

Fevral

4 fevral – Opera xonandasi (bastakor), O‘zbekiston xalq artisti Ivan Nilovich Yesipov (1901-1963) tavalludining 115 yilligi.

6 fevral – Abdulla Qodiriy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti ta’sis etilgan kun (1991).

7 fevral – Toshkent viloyati G‘azalkent shahriga asos solingan kun (1964).

8 fevral – O‘zbekiston Respublikasi hamda Myanma Ittifoqi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 15 yilligi (2001).

9 fevral – Buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir, davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy (1441-1501) tavalludining 575 yilligi.

13 fevral – O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tashkil etilgan kun (2001).

13 fevral – Aktyor, rejissyor, o‘zbek teatri tashkilotchilaridan biri, O‘zbekiston xalq artisti Sayfi Olimov (1901-1984) tavalludining 115 yilligi.

13 fevral – O‘zbek adibi Hasan Po‘lat (1911-1942) tavalludining 105 yilligi.

14 fevral – Aeroflot kuni (1979).(Har yili fevral oyining 2-chi yakshanbasida nishonlanadi).

14 fevral – O‘zbek mumtozadabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi, davlat аrbobi, mohir sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) tavallud topgan kun.

15 fevral – Shoira Saida Zunnunova (1926-1977) tavalludining 90 yilligi.

15 fevral – Sharqshunos, etnograf Nikolay Petrovich Ostroumov (1846-1930) tavalludining 170 yilligi.

16 fevral – O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti (XIHT)ga a’zo bo‘lgan kun (1992).

17 fevral – O‘rta Osiyolik matematik va astronom Nasriddin Tusi (1201-1274) (Abu Djafar Muhammad ibn Hasan Nasriddin Tusi) tavalludining 815 yilligi.

17 fevral – Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi tashkil topgan kun (1863).

18 fevral – O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi tashkil topgan kun (1995).

21 fevral – Xalqaro ona tili kuni (YuNESKO).

23 fevral – “O‘zbekiston Respublikasi xotin-qizlar qo‘mitasi” tuzilgan kun (1991).

24 fevral –O‘zbekiston Respublikasixalqaro pochta ittifoqiga a’zo bo‘lgan kun (1994).

24 fevral – Toshkentda M. V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti filiali tashkil etilgan kun (2006).

26 fevral – O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro Iqtisodiy Aloqalar tashkiloti (XIA)ga a’zo bo‘lgan kun (1992).

fevral– Shoira, ma’rifatparvar va davlat arbobi Nodira (1792-1842) tavalludining 225 yilligi.

Mart

1 mart – Butunjahon fuqarolar mudofaasi kuni.

1 mart – Giyohvandlik va giyohvand moddalar bilan savdo qilishga qarshi xalqaro kurash kuni.

1 mart – O‘zbekiston Respublikasida BMTning Bolalar jamg‘armasi – YuNISEF vakolatxonasi ochilgan kun.

1 mart – O‘zbekiston xalq artisti Farziddin Zayniddinovich Fayozov (1941-2005) tavalludining 75 yilligi.

1 mart – O‘zbekiston xalk artisti, kompozitor Ikrom Ilhomovich Akbarov (1921-2011) tavalludining 95 yilligi.

2 mart – Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ga a’zo bo‘lgan kun (1992).

2 mart – O‘zbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi ta’sis etilgan kun (1992).

2 mart – O‘zbek SIFAT markazi tashkil etilgan kun (1992).

2 mart – Respublika rus madaniyat markazi qayd etilgan kun (1994).

2 mart – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, aktyor, rejissyor, badiiy so‘z ustasi Ubaydulla Burhonovich Burhonov (1921-1998) tavalludining 95 yilligi.

3 mart – O‘zbek dorbozlar sulolasi asoschisi, O‘zbekiston va Rossiya xalq artisti, Mehnat Qahramoni Toshkanboy Egamberdiev (1866-1963) tavalludining 150 yilligi.

4 mart – O‘zbekiston Ichki Ishlar vazirligi Qorovul qo‘shinlari kuni (1999).

4 mart – O‘zbekiston Favqulodda Vaziyatlar vazirligi tashkil topgan kun (1996).

4 mart – Aktyor, sozanda (garmonchi), O‘zbekiston xalq artisti Orif Garmon Toshmatov (1891-1944) tavalludining 125 yilligi.

6 mart – Folklorshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor To‘ra Mirzaev (1936) tavalludining 80 yilligi.

7 mart – O‘rta Osiyo antropolog olimi Lev Vasilevich Oshanin (1881-1962) tavalludining 135 yilligi.

8 mart– Xalqaro xotin-qizlar bayrami.

12 mart – O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi tashkil etilganligining 20 yilligi (1996).

12 mart – Sharqshunos olim Aleksandr Eduardovich Shmit (1871-1939) tavalludining 145 yilligi.

14 mart – “O‘zbekiston Respublikasi Xalq baxshisi” faxriy unvoni ta’sis etilgan kun (2000).

14 mart – O‘zbekiston Respublikasi Faxriylar tashkilotlari uyushmasi tuzilgan kun (1987).

15 mart – Xalqaro iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuni.

15 mart – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, dirijor Amin Qahhorovich Karimov (1936) tavalludining 80 yilligi.

16 mart – O‘zbekiston xalq artisti, qo‘shiqchi va raqqosa, baletmeyster, o‘zbek professional raqsi asoschilaridan Tamaraxonim (Tamara Artemovna Petrosyan, 1906-1991) tavalludining 110 yilligi.

17 mart – “O‘zbekkino” Milliy agentligi tashkil etilgan kun (2004).

17 mart – Butunjahon Dengiz kuni.

17 mart – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, operator, rejissyor Davron Ismoilovich Salimov (1941-2009) tavalludining 75 yilligi.

18 mart – O‘zbekiston futboli kuni.

18 mart – O‘zbekiston xalq artisti, raqqosa, balet artisti, xoreograf, pedagog va olima Roziya Zaripovna Karimova (1916-2011) tavalludining 100 yilligi.

19 mart – O‘zbekiston xalq rassomi Nadejda Vasilevna Kashina (1896-1977) tavalludining 120 yilligi.

21 mart – Navro‘z bayrami.Umumxalq bayrami kuni (1992).

21 mart – Xalqaro qo‘g‘irchoqbozlar kuni (2002).

21 mart – Xalqaro irqiy kamsitishlarni bartaraf etish uchun kurashish kuni.

21 mart – Jadidchilik harakatining asoschisi, yozuvchi va publitsist Ismoilbek Gasprinskiy (1851-1914) tavalludining 165 yilligi.

21 mart – O‘zbekiston xalq shoiri va jamoat arbobi, O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov (1941) tavalludining 75 yilligi.

22 mart – Butunjahon suv kuni (1992).

23 mart– Butunjahon metrologiya kuni (1950).

23 mart – O‘zbekiston xalq artisti, aktrisa va rejissyor Mukambar Hakimovna Rahimova (1941) tavalludining 75 yilligi.

24 mart– Butunjahon sil kasalligiga qarshi kurash kuni.

24 mart – O‘zbekiston Respublikasining Chegara qo‘shinlari tashkil etilgan kun (1992).

24 mart – Toshkent shahrida Inxa Universiteti tashkil topgan kun (2014).

27 mart – Xalqaro teatr kuni (1961).

28 mart – Toshkent shahridagi G. V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining filiali tashkil etilgan kun (2001).

29 mart – Shoir Miraziz A’zam (1936) tavalludining 90 yilligi.

30 mart – Butunjahon yerni muhofaza qilish kuni.

mart – “Xabar” gazetasining ilk nashri chop etilgan (1992).

Aprel

1 aprel – Xalqaro kulgi kuni.

1 aprel – Butunjahon qushlar kuni.

2 aprel – Xalqaro bolalar kitobi kuni.

3 aprel – Geologlar kuni.(Har yili aprel oyining 1-chi yakshanbasida nishonlanadi).

3 aprel – O‘zbek shoiri Mamarasul Boboev (1911-1969) tavalludining 105 yilligi.

5 aprel – O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ittifoqi tashkil topgan kun (1993).

7 aprel – Butunjahon salomatlik kuni (1948).

7 aprel – Toshkent Islom universiteti tashkil topgan kun (1999).

7 aprel – Xonanda, O‘zbekiston xalq hofizi Ochilxon Otaxonov (1926) tavalludining 90 yilligi.

8 aprel – Xonanda, bastakor, O‘zbekiston xalq artisti To‘xtasin Jalilov (1896-1966) tavalludining 120 yilligi.

9 aprel – Sohibqiron Amir Temur (1336-1405) tavalludining 680 yilligi.

9 aprel – Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi va Davlat Gerbi tasdiqlangan kun (1993).

12 aprel – Butunjahon aviatsiya va kosmonavtika kuni (1962).

13 aprel – O‘zbekiston xalq artisti To‘lqin Jo‘raevich Tojiev (1936) tavalludining 80 yilligi.

14 aprel – Kompozitor, O‘zbekiston xalq artisti Sulaymon (Solomon) Aleksandrovich Yudakov (1916-1990) tavalludining 100 yilligi.

17 aprel – Yong‘in havfsizligi xizmati xodimlari kuni.

17 aprel – Ilm-fan kuni.(Har yili aprel oyining 3-chi yakshanbasida nishonlanadi).

18 aprel – Xalqaro yodgorliklarni va tarixiy joylarni asrash kuni.

22 aprel – Xalqaro yer sayyorasi kuni (BMTda 1990 yili e’lon qilingan).

23 aprel – Xalqaro kitob va mualliflik huquqlarini himoya qilish kuni. (1995 yili YuNESKOning 28-konferensiyasida e’lon qilingan).

23 aprel – Aktyor, rejissyor, drammaturg, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Rixsiboy Orifjonov (1926-1979) tavalludining 90 yilligi.

24 aprel – Birodarlashgan shaharlar kuni (1957).(Har yili aprel oyining oxirgi yakshanbasida nishonlanadi).

24 aprel – Yoshlarning xalqaro birdamlik kuni (1957).

25 aprel – “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tashkil topgan kun (2001).

26 aprel – Amir Temur ordeni ta’sis etilgan kun (1996).

26 aprel – Xalqaro intellektual mulk kuni.

26 aprel – Xonanda, aktyor, rassom, O‘zbekiston xalq artisti Botir Karimovich Zokirov (1936-1985) tavalludining 80 yilligi.

27 aprel – Toshkentda Turin politexnika universiteti tashkil topgan kun (2009).

28 aprel – Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni (2003).

29 aprel – Xalqaro raqs kuni.

29 aprel – Sozanda (g‘ijjak), bastakor, O‘zbekiston xalq artisti Imomjon Ikromov (1891-1980) tavalludining 125 yilligi.

30 aprel – O‘zbekiston Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankiga a’zo bo‘lgan kun (1992).

May

1 may – Dirijor, O‘zbekiston xalq artisti Dilbar G‘ulomovna Abduarahmonova (1936) tavalludining 80 yilligi.

1 may – O‘zbekiston xalq artisti Kifoyat Muslimova (1916-1996) tavalludining 100 yilligi.

1 may – O‘zbekiston xalq artisti, xonanda Muhiddin Qori-Yoqubovning (1896-1957) tavalludining 120 yilligi.

1 may – Dorboz Shokirjon Toshkanboev (1906-1965) tavalludining 110 yilligi.

3 may – Butunjahon matbuot erkinligi kuni (1994).

3 may – Shoir va yozuvchi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Mirmuhsin Mirsaidov (1921-2005) tavalludining 95 yilligi.

5 may – “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni va “Oltin yulduz” medali, “Mustaqillik”, “Do‘stlik” ordenlari hamda “Jasorat”, “Shuhrat” medallari ta’sis etilgan kun (1994).

5 may – Dirijor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Rahim Komiljonov (1926) tavalludining 90 yilligi.

5 may – Bastakor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Mutal (Mutavakkal) Muzayyinovich Burxonovning (1916-2002) tavalludining 100 yilligi.

5 may – Aktyor, O‘zbekiston xalq artisti Qudrat Umarovich Xo‘jaev (1911-1981) tavalludining 105 yilligi.

6 may – Toshkent Arxitektura va qurilish instituti tashkil etilganligining 25 yilligi (1991).

7 may – Radio kuni (1945).

7 may – “Sog‘lom avlod uchun” ordeni ta’sis etilgan kun (1993).

9 may – Xotira va Qadrlash kuni (1999). – Umumxalq bayrami.

10 may – O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi, biologiya fanlari doktori, professor Tesha Zohidovich Zohidov (1906-1981) tavalludining 110 yilligi.

12 may – Xalqaro hamshiralar kuni.

13 may –O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, xirurg Sodiq Alievich Masumov (1901-1977) tavalludining 115 yilligi.

13 may – Toshkent Moliya instituti tashkil etilganligining 25 yilligi (1991).

14 may – O‘zbekiston Respublikasi hamda Bosniya va Gersegovina Respublikasi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 20 yilligi (1996).

15 may – Butunjahon oila kuni (1994).

15 may – Manbashunos, tilshunos olim, O‘zFA akademigi, filologiya fanlari doktori, professor Alibek Rustamov (1931-2013) tavalludining 85 yilligi.

15 may – Kulol, O‘zbekiston xalq rassomi Ibrohim Komilov (1926) tavalludining 90 yilligi.

15 may – O‘zbekiston Respublikasi tog‘-metallurgiya sanoati xodimlari kuni (2001). (Har yili may oyining 3-chi yakshanbasida nishonlanadi).

16 may – Adabiyotshunos, filologiya fanlari doktori, professor Hoshimjon Razzoqov (1916-1982) tavalludining 100 yilligi.

17 may – Xalqaro elektraloqa kuni (1969).

18 may – Xalqaro muzeylar kuni (1977).

19 may – Toshkentda Xalqaro Islom tadqiqot markazi ochilgan kun (1995).

20 may – O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbeksitonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi, mexanik olim Muhammad Toshevich O‘rozboev (1906-1971) tavalludining 110 yilligi.

21 may – Xalqaro metrologiya kuni. (YuNESKO qarori bilan har yili shu kun nishonlanadi).

22 may – Xalqaro biologik rang-baranglik kuni (1994).

23 may – Kinorejissyor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Toshxo‘ja Akromov (1936) tavalludining 80 yilligi.

25 may – Aktrisa, xonanda, O‘zbekiston xalq artisti Farog‘at Rahmatova (1926-2014) tavalludining 90 yilligi.

29 may – Kimyogarlar kuni (1956). (Har yili may oyining oxirgi yakshanbasida nishonlanadi).

31 may – Butunjahon tamaki chekishga qarshi kurash kuni.

Iyun

1 iyun – Butunjahon bolalarni himoya qilish kuni (1949).

5 iyun – Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni (1972).

5 iyun – Melioratorlar kuni.(Har yili iyun oyining 1-chi yakshanbasida nishonlanadi).

5 iyun – O‘zbekiston xalq artisti Sa’dixon Tabibullaev (1906-1992) tavalludining 110 yilligi.

5 iyun – Qoraqalpoq aktrisasi, O‘zbekiston xalq artisti To‘xta Rahmonova (1921-1984) tavalludining 95 yilligi.

7 iyun – O‘zbekiston Respublikasi hamda Kosta-Rika Respublikasi bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 15 yilligi (2001).

10 iyun – Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etilgan kun (1999).

12 iyun – Yengil sanoat xodimlari kuni.(Har yili iyun oyining 2-chi yakshanbasida nishonlanadi).

14 iyun – Butunjahon Donorlar kuni.

15 iyun – Xonanda (lirik-dramatik tenor), O‘zbekiston xalq artisti Abdurashid Ergashev (1941) tavalludining 75 yilligi.

17 iyun – Sahrolanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurash kuni.

19 iyun – Butunjahon bolalar futboli kuni.

19 iyun – Olimpiya yugurish kuni.(Har yili iyun oyining 3-chi yakshanbasida nishonlanadi.)

20 iyun – O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik Deklaratsiyasi qabul qilingan kun (1990).

20 iyun – Butunjahon qochoqlar kuni.

20 iyun – O‘zbekiston Respublikasi hamda Bruney-Dorussalom bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 20 yilligi (1996).

21 iyun – Samarqand davlat birlashgan tarixiy-me’morchilik va badiiy muzey-qo‘riqxonasi tashkil topganining 120 yilligi.

21 iyun – “O‘zbekiston ovozi” ijtimoiy-siyosiy gazetasining ilk soni nashr etilgan kun. (Dastlab 1918 yilda “Ishtirokiyun” nomi bilan chop etilgan, 1991 yildan hozirgi nomda, XDP gazetasi).

23 iyun – Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro viloyat axborot-kutubxona markazining 95 yilligi (1921).

23 iyun – Xalqaro Olimpiada kuni.

25 iyun – Ixtirochilar va ratsianalizatorlar kuni. (Har yili iyun oyining oxirgi yakshanbasida nishonlanadi).

26 iyun – Butunjahon giyohvandlikka qarshi kurash kuni (1988).

26 iyun – Savdo, matbuot, kooperatsiyasi va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish xodimlari kuni (1997). (Har yili iyun oyining oxirgi yakshanbasida nishonlanadi).

27 iyun – O‘zbekiston Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni (1993 y. 24 iyun O‘zR Prezidenti Farmoni).

30 iyun – Tarixchi va sharqshunos olim, bibliograf, kitobshunos Yevgeniy Karlovich Betger tavallud topgan kun (1887-1956).

30 iyun – O‘zbekiston xalq artisti O‘lmas Safoevich Alixo‘jaev (1941-2015) tavalludining 75 yilligi.

Iyul

1 iyul – O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi – so‘m muomalaga kiritilgan kun (1994).

1 iyul – Dengiz va daryo floti xodimlari kuni (1976).

1 iyul – Kulol, O‘zbekiston xalq rassomi Kamol Turobov (1921) tavalludining 95 yilligi.

1 iyul – Butunjahon me’morlar kuni (1985).

1 iyul – “Toshkent oqshomi” gazetasi nashrining 50 yilligi.

2 iyul – O‘zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi tasdiqlangan kun (1992).

2 iyul – Xalqaro kooperatsiya kuni (1994).(Har yili iyul oyining 1-chi shanbasida nishonlanadi).

5 iyul – Yo‘l jamg‘armasi tashkil etilgan kun. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 5 iyuldagi Qaroriga asosan).

10 iyul – O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro elektraloqa Ittifoqi (XEI)ga to‘laqonli a’zo bo‘lgan kun (1992).

10 iyul – Toshkentdagi Sergey Yesenin muzeyi tashkil etilganligining 35 yilligi (1981).

10 iyul – Baliqchilar kuni.(Har yili iyul oyining 2-chi yakshanbasida nishonlanadi).

11 iyul – Butunjahon aholi kuni (1989).

12 iyul – O‘zbekiston tarixi Davlat muzeyining 140 yilligi.

13 iyul – O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro Mehnat Tashkilotiga a’zo bo‘lgan kun (1992).

15 iyul – Toshkent Sharqshunoslik instituti tashkil etilganligining 25 yilligi.

15 iyul – Fan va madaniyat xalqaro jamg‘armasi tashkil etilgan kun (1996).

15 iyul – Bog‘dorchilik va uzumchilik sohasidagi olim, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish tashkilotchisi Mahmud Mirzaevich Mirzaev (1921-2000) tavalludining 95 yilligi.

16 iyul – Yozuvchi, shoir, drammaturg, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Omon Muxtor (Omon Sulaymonovich Muxtorov, 1941-2013) tavalludining 75 yilligi.

18 iyul – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Boris Vladimirovich Lunin (1906-2001) tavalludining 110 yilligi.

19 iyul – Asaka avtomobil zavodining 20 yilligi (1996).

20 iyul – Butunjahon shaxmat kuni.

20-21 iyul – “Imom al-Buxoriy kuni”.

25 iyul – Botanik, O‘zbekiston FA akademigi Qodir Zokirovich Zokirov (1906-1992) tavalludining 110 yilligi.

26 iyul – Energetika sohasidagi olim, O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi Muzaffar Zohidxonovich Homidxonov (1916-1972) tavalludining 100 yilligi.

26 iyul – Rassom, O‘zbekiston BA faxriy a’zosi, O‘zbekiston xalq rassomi Rahim Ahmedovich Ahmedov (1921-2008) tavalludining 95 yilligi.

30 iyul – Balerina, raqqosa, O‘zbekiston xalq artisti Gulnora Nizomovna Mavaeva (1931) tavalludining 85 yilligi.

30 iyul – Fizik olim, O‘zFA akademigi Toymas Sottievich Yo‘ldoshboev (1931-2011) tavalludining 85 yilligi.

Avgust

1 avgust – Kimyogar olima Anna Ivanovna Glushenkova (1926) tavalludining 90 yilligi.

1 avgust – Yozuvchi va jurnalist Maqsud Qoriev (1926-2010) tavalludining 90 yilligi.

5 avgust – O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimov (1941-2013) tavalludining 75 yilligi.

6 avgust – Butunjahon yadro qurollarini taqiqlash uchun kurashish kuni.Xirosima fojeasi kuni.

6 avgust – Mahallalar kuni.(Har yili avgust oyining 1-chi shanbasida nishonlanadi).

7 avgust – Temir yo‘lchilar kuni (1936).(Har yili avgust oyining 1-chi yakshanbasida nishonlanadi).

8 avgust – O‘zbekiston Respublikasi hamda Yamayka o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 20 yilligi (1996).

9 avgust – Xalqaro jahon tub xalqlari kuni (1994).

12 avgust –O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq xizmati tashkil topgan kun.

13 avgust – Toshkent Iqtisodiyot Universtiteti tashkil etilganligining 85 yilligi (1931).

14 avgust – Fizkulturachilar kuni.(Har yili avgust oyining 2-chi yakshanbasida nishonlanadi).

14 avgust – Quruvchilar kuni.(Har yili avgust oyining 2-chi yakshanbasida nishonlanadi).

16 avgust – Gidrobiolog olim Avliyoxon Muhammadiev (1906-1988) tavalludining 110 yilligi.

18 avgust – Geolog olim, O‘zbekiston FA akademigi To‘rabek No‘monovich Dolimov (1936-2011) tavalludining 80 yilligi.

19 avgust – O‘zbekiston xalq rassomi Aleksandr Volkov (1886-1957) tavalludining 130 yilligi.

21 avgust – Genetik-seleksioner olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Sodiq Mirahmedov (1926-1988) tavalludining 90 yilligi.

21 avgust – “O‘zbekiston – Vatanim manim” qo‘shiq bayrami kuni (1996).(Har yili avgust oyining 3-chi yakshanbasida nishonlanadi).

21 avgust – O‘zbekiston Respublikasining Havo floti kuni (1995).(Har yili avgust oyining 3-chi yakshanbasida nishonlanadi).

25 avgust – Xalqaro talabalar ittifoqiga asos solingan kun.

25 avgust – Qoraqalpoq xalq shoiri Boyniyoz Kayipnazarov (1916) tavalludining 100 yilligi.

27 avgust – Kino kuni (1979).

27 avgust – O‘zbekiston Respublikasi hamda Paragvay Respublikasi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 15 yilligi (2001).

28 avgust – “El-yurt hurmati” ordeni va “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni ta’sis etilgan kun (1998).

28 avgust – Shaxtyorlar kuni.(Har yili avgust oyining oxirgi yakshanbasida nishonlanadi).

28 avgust – Rangtasvir ustasi, O‘zbekiston xalq rassomi Ro‘zi Choriev (1931-2004) tavalludining 85 yilligi.

29 avgust – “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni ta’sis etilgan kun (1996).

29 avgust – “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni ta’sis etilgan kun (2003).

30 avgust – “Jaloliddin Manguberdi” ordeni ta’sis etilgan kun (2000).

30 avgust – “Shon-sharaf” ordeni ta’sis etilgan kun (1995).

30 avgust – O‘zbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qo‘llab-quvvatlash ijtimoiy-siyosiy jamg‘armasi tashkil etilgan kun (1996).

31 avgust – Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni (2001).

 

Sentabr

1 sentabr – O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni (1991).

1 sentabr – O‘zbekiston xalqaro bloklarga qo‘shilmaslik harakatiga a’zo bo‘lgan kun (1992).

1 sentabr – Toshkentda Olimpiya shon-shuhrat muzeyi ochilgan kun.

1 sentabr – Lirik xonanda va bastakor, O‘zbekiston xalq hofizi Faxriddin Asilpo‘lat o‘g‘li Umarov (1926-2007) tavalludining 90 yilligi.

2 sentabr – Yangi 2016-2017 o‘quv yilining boshlanish kuni.

2 sentabr – O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Shukrullo (Shukrullo Yusupov, 1921) tavalludining 95 yilligi.

4 sentabr – Neft va gaz sanoati ishchilari kuni. (Har yili sentabr oyining 1-chi yakshanbasida nishonlanadi).

5 sentabr – Toshkentda Singapur Menejmentni rivojlantirish instituti tashkil topgan kun (2007).

5 sentabr – Matematik olim, O‘zbekiston FA akademigi, fizika-matematika fanlari doktori, professor Vosil Qobulovich Qobulov (1921-2010) tavalludining 95 yilligi.

8 sentabr – Jurnalistlarning xalqaro birdamlik kuni (1958).

9 sentabr – Butunjahon husn-latofat va go‘zallik kuni.

11 sentabr – Dramaturg, rejissyor, teatrshunos, O‘zbekiston xalq artisti Turesh Allanazarov (1916) tavalludining 100 yilligi.

13 sentabr – Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofoti ta’sis etilgan kun (1989).

16 sentabr – Xalqaro ozon qatlamini himoya qilish kuni (1995).

16 sentabr – Bahouddin Naqshband kuni (1993).

18 sentabr – O‘zbekiston Xalqaro Geologiya Ittifoqiga (XGI) a’zo bo‘lgan kun (1993).

21 sentabr – Xalqaro tinchlik kuni.

22(23)sentabr – Kuzgi teng-kunlik – “Mehrjon” bayrami kuni (Mehrgoh ).

23 sentabr – Seleksioner olim Sergey Stepanovich Kanash (1896-1975) tavalludining 120 yilligi.

25 sentabr – O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati tashkil etilgan kun (1991).

25 sentabr – Mashinasozlar kuni.(Har yili sentabr oyining oxirgi yakshanbasida nishonlanadi).

25 sentabr – Adabiyotshunos, O‘zbekiston FA muxbir a’zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, filologiya fanlari nomzodi Yusuf Sultonov (1911-1991) tavalludining 105 yilligi.

27 sentabr – Butunjahon Turizm kuni.

27 sentabr – O‘zbekiston bolalar jamg‘armasi tashkil etilgan kun (1996).

Oktabr

1 oktabr – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni (1996).

1 oktabr – Xalqaro musiqa kuni (1980).

1 oktabr – Qariyalar kuni (1992).

1 oktabr – Butunjahon arxitektura kuni.

3 oktabr – Xalqaro shifokorlar kuni (1984).(Har yili oktabr oyining biri 1-chi dushanbasida nishonlanadi).

4 oktabr – Butunjahon hayvonlarni himoya qilish kuni.

5 oktabr – Kinorejissyor-operator, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Turdi Nodirov (1936) tavalludining 80 yilligi.

5 oktabr – Diktor, O‘zbekiston xalq artisti Qodir Tojiev (1921-2001) tavalludining 95 yilligi.

8 oktabr – O‘zbekiston xalq artisti Po‘lat Saidqosimov (1931) tavalludining 85 yilligi.

9 oktabr – Butunjahon pochta kuni (1874).

9 oktabr – Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni.(Har yili oktabr oyining 2-chi yakshanbasida nishonlanadi).

10 oktabr – Shoir Ma’ruf Jalil (1936-2004) tavalludining 80 yilligi.

13 oktabr – Xalqaro ofatni kamaytirish kuni.

14 oktabr – Xalqaro standartlashtirish kuni (1946).

14 oktabr – Fizik olim va jamoat arbobi O‘zbekiston FA akademigi Po‘lat Qirg‘izboevich Habibullaev (1936-2010) tavalludining 80 yilligi.

14 oktabr – Xonanda, O‘zbekiston xalq artisti Tursunoy Sotboldievna Mamedova (1941-1996) tavalludining 75 yilligi.

15 oktabr – O‘zbekiston Xalqaro moliya korporatsiyasiga a’zo bo‘lgan kun.

15 oktabr – O‘zbekiston xalq yozuvchisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, 2-jahon urushi qatnashchisi Ibrohim Rahim (1916-2001) tavalludining 100 yilligi.

15 oktabr – O‘zbekiston xalq artisti Mixail Filippovich Mansurov (1916-1993) tavalludining 100 yilligi.

16 oktabr – Butunjahon allergik kasalliklarga qarshi kurash kuni.

16 oktabr – Oziq-ovqat sanoati xodimlari kuni.(Har yili oktabr oyining 3-chi yakshanbasida nishonlanadi).

16 oktabr – Kimyogar olim, O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi Hamdam Usmanovicha Usmonov (1916-1994) tavalludining 100 yilligi.

17 oktabr – Xalqaro kambag‘alchilikni bartaraf etish uchun kurashish kuni (1995).

18 oktabr – Samarqand shahri kuni (1996).

20 oktabr – Xiva shahri kuni.

20 oktabr – O‘zbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubov (1926-2009) tavlludining 90 yilligi.

21 oktabr – O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili to‘g‘risidagi Qonun qabul qilingan kun (1989).

22 oktabr – Estrada san’atini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etilgan kun (2001).

23 oktabr – O‘zbekiston Respublikasi YuNESKOga a’zo bo‘lgan kun (1993).

23 oktabr – Aktyor, xonanda (dramatik bariton), O‘zbekiston xalq artisti Sur’at Obidovich Po‘latov (1931-2005) tavalludining 85 yilligi.

24 oktabr – Fizik olim, O‘zbekiston FA akademigi, fizika-matematika fanlari doktori, professor Ramizulla Abdullaevich Mo‘minov (1941) tavalludining 75 yilligi.

24 oktabr – Xalqaro BMT kuni (1945).

24 oktabr – Xalqaro maktab kutubxonalari kuni.(Har yili oktabr oyining 4-chi dushanbasida nishonlanadi).

25 oktabr – Xalqaro tinchlik uchun xotin-qizlar kurashish kuni (1980).

25 oktabr – O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar xodimlari kuni (2006).

25 oktabr – Yozuvchi, tarjimashunos olim, filologirya fanlari doktori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Jumaniyoz Sharipov (1911) tavalludining 105 yilligi.

30 oktabr – Avtomobil transporti xodimlari kuni.(Har yili oktabr oyining oxirgi yakshanbasida nishonlanadi).

31 oktabr – Toshkentda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy Markazi tuzilgan kun (1996).

Noyabr

1 noyabr – O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi (XDP) tashkil topgan kun (1991).

1 noyabr – Iqtisodchi olima, O‘zbekiston FA akademigi, iqtisod fanlari doktori, professor Ra’no Axatovna Ubaydullaeva (1936) tavalludining 80 yilligi.

5 noyabr – Toshkent televideniyasining doimiy tajriba-sinov ko‘rsatuvlari namoyishi boshlangan kun (1956).

7 noyabr – O‘zbekiston xalq artisti, Qirg‘izistonda xizmat ko‘rsatgan artist Klavdiya Grigorevna Yefremova (1916-2000) tavalludining 100 yilligi.

7 noyabr – O‘zbekiston xalq artisti Nabi Rahimov (1911-1994) tavalludining 105 yilligi.

7 noyabr – Raqqosa, baletmeyster, O‘zbekiston xalq artisti Gavhar Artemovna Rahimova (1911-2003) tavalludining 105 yilligi.

8 noyabr – Aktyor, jamoat arbobi, O‘zbekiston xalq artisti Sora Abdurahmonovna Eshonto‘raeva (1911-1998) tavalludining 105 yilligi.

8 noyabr –O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi qoshidagi “Jahon” axborot agentligiga asos solingan kun (1995).

10 noyabr – Butunjahon Yoshlar kuni (1945).

10 noyabr – O‘zbekiston xalq artisti Obid Jalilov (1896-1963) tavalludining 120 yilligi.

10 noyabr – Gidrotexnik olim Viktor Vasilevich Poslavskiy (1896-1979) tavalludining 120 yilligi.

10 noyabr – Biokimyogar olim, O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, biologiya fanlari doktori, professor Yolqin Xolmatovich To‘raqulov (1916-2005) tavalludining 100 yilligi.

10-17 noyabr – Talabalarning tinchlik va do‘stlik uchun kurashi xalqaro haftaligi.

11 noyabr – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, kinooperator Temur Abdunabievich Qayumov (1941) tavalludining 75 yilligi.

12 noyabr – Butunjahon sifat kuni (1989).

13 noyabr – Tibbiyot xodimlari kuni.(Har yili noyabr oyining 2-chi yakshanbasida nishonlanadi).

14 noyabr – Xalqaro qandli diabetga qarshi kurash kuni.

15 noyabr – “Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik” partiyasi ta’sis etilgan kun (2003).

16 noyabr – Xalqaro bag‘rikenglik kuni (1995 yil YuNESKO bosh konferensiyasining XXVIII yig‘ilishida qabul qilingan).

16 noyabr – YuNESKOning Nizomi tasdiqlangan kun (London, 1945).

17 noyabr – Xalqaro talabalar kuni. (1946).

17 noyabr – Jurnalist va tarjimon, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Vahob Ro‘zimatov (1921-1994) tavalludining 95 yilligi.

18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i tasdiqlangan kun (1991).

19 noyabr – O‘zbekiston Qurolli Kuchlari artilleriyasi kuni.

19 noyabr – Matnshunos, manbashunos, lug‘atshunos olim Qutbiddin Muhitdinov (1906-1983) tavalludining 110 yilligi.

20 noyabr – Bola huquqlari Deklaratsiyasi qabul qilingan kun (1989).

20 noyabr – Yozuvchi, dramaturg Oydin (Sobirova Manzura) (1906-1953) tavalludining 110 yilligi.

21 noyabr – Butunjahon salomatlik uchun kurashish kuni (1913).

21 noyabr – Butunjahon televidenie kuni (1996).

21 noyabr – Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati Assambleyasi tashkil topgan kun (1995).

22 noyabr – Rejissyor va aktyor, O‘zbekiston xalq artisti Asror Jo‘raev (1911-1983) tavalludining 105 yilligi.

22 noyabr – Rus yozuvchisi, jamoat arbobi, O‘zbekiston xalq shoiri Nikolay Semyonovich Tixonov (1896-1979) tavalludining 120 yilligi.

26 noyabr – Surxondaryo qo‘g‘irchoq teatri tashkil etilganligining 15 yilligi (2001).

27 noyabr – Paxta bayrami.(Har yili noyabr oyining oxirgi yakshanbasida nishonlanadi).

Noyabr – «Molodej Uzbekistana» gazetasi nashr etilganligining 90 yilligi (1926).

Dekabr

1 dekabr – Butunjahon orttirilgan immunitet tansiqligi sindromi kasalligi (OITS) ga qarshi kurash kuni.

1 dekabr – Ayollar xalqaro demokratik federatsiyasi tashkil topgan kun (1945).

2 dekabr – Shoir va dramaturg Ramz Bobojon (Ramz Nosirovich Bobojonov, 1921-2008) tavalludining 95 yilligi.

3 dekabr – Xalqaro nogironlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish kuni (1992).

4 dekabr – O‘zbekiston Faxriylarining ijtimoiy qo‘llab-quvvatlab himoyalash “Nuroniy” jamg‘armasi tashkil topgan kun (1996).

4 dekabr – Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat madhiyasi tasdiqlangan kun (1993).

5 dekabr – Xalqaro ko‘ngillilar kuni (1992).

8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kun – umumxalq bayrami (1992).

10 dekabr – Inson huquqlari kuni (1948).

10 dekabr – O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun (1992).

11 dekabr – YuNISEF-BMT Bolalar fondi tashkil topgan kun (1946).

14 dekabr – Qoraqalpog‘iston Respublikasining suverenligi e’lon qilingan kun (1990).

14 dekabr – Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat Bayrog‘i tasdiqlangan kun (1992).

15 dekabr – Opera xonandasi (bariton), O‘zbekiston xalq artisti Jamol Nizomxo‘jaev (1921-1992) tavalludining 95 yilligi.

15 dekabr – Adabiyotshunos olim, O‘zFA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Salohiddin Mamajonov (1931-2005) tavalludining 85 yilligi.

15 dekabr – Sozanda (doira), O‘zbekiston xalq artisti Qahramon Dadaev (1936) tavalludining 80 yilligi.

16 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi FIFAga a’zo bo‘lgan kun (1992).

18 dekabr – Xalqaro migrantlar kuni (1990).

20 dekabr – Birinchi o‘zbek aktyorlaridan, O‘zbekiston xalq artisti Rahim Pirmuhamedov (1896-1972) tavalludining 120 yilligi.

21 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH 1991 yil 8 dekabrda Minskda tuzilgan) tashkilotiga a’zo bo‘lgan kun (1991).

22 dekabr – Energetik xodimlar kuni.

24 dekabr – Balet artisti, raqqosa, O‘zbekiston xalq artisti Xalima Olimovna Komilova (1926-1984) tavalludining 90 yilligi.

25 dekabr – Fizik olim, O‘zbekiston FA muxbir a’zosi, texnika fanlari doktori, professor G’iyos Yoqubovich Umarov (1921-1988) tavalludining 95 yilligi.

25 dekabr – Kompozitor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, O‘zbekiston xalq artisti Ibrohim Hamroevich Hamroev (1916-1999) tavalludining 100 yilligi.

26 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi hamda Avstraliya o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 25 yilligi (1991).

28 dekabr – Akademik Habib Abdullaev nomidagi xalqaro jamg‘arma tashkil etilgan kun (2001).

28 dekabr – Shoir, dramaturg, jamoat arbobi, O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov (1936) tavalludining 80 yilligi.

29 dekabr – Respublika Davlat Mustaqilligi masalasi bo‘yicha umumxalq Referendumi hamda O‘zbekiston Respublikasining 1-Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tgan va unda Islom Karimov Prezident etib saylangan kun (1991).

29 dekabr – Fizik olim, O‘zbekiston FA akademigi, fizika-matematika fanlari doktori, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Akbar Qosimovich Otaxo‘jaev (1926) tavalludining 90 yilligi.

29 dekabr – Aktyor, rejissyor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi

Ibrohim Nurmonov (1936) tavalludining 80 yilligi.

31 dekabr – Fizik olim, O‘zbekiston FA akademigi, fizika-matematika fanlari doktori, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Akbar Qosimovich Otaxo‘jaev (1926-1994) tavalludining 90 yilligi.

 

2016 yil Yubiley sanalari

“Xalq so‘zi” gazetasi nashrining 25 yilligi (1991).

Toshkent Moliya instituti tashkil etilganligining 25 yilligi (1991).

Toshkent Sharqshunoslik instituti tashkil etilganligining 25 yilligi.

Toshkentdagi Sergey Yesenin muzeyi tashkil etilganligining 35 yilligi (1981).

“Toshkent oqshomi” gazetasi nashrining 50 yilligi.

«O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasi nashrining 60 yilligi (1956).

O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimov (1941-2013) tavalludining 75 yilligi.

O‘zbekiston Xalq artisti, xoreografiya professori Bernora Rahimovna Qorieva (1936) tavalludining 80 yilligi.

O‘zbekiston xalq artisti To‘lqin Jo‘raevich Tojiev (1936) tavalludining 80 yilligi.

Xonanda, aktyor, rassom, O‘zbekiston xalq artisti Botir Karimovich Zokirov (1936-1985) tavalludining 80 yilligi.

Kinorejissyor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Toshxo‘ja Akromov (1936) tavalludining 80 yilligi.

Geolog olim, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi To‘rabek No‘monovich Dolimov (1936-2011) tavalludining 80 yilligi.

Kinorejissyor-operator, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Turdi Nodirov (1936) tavalludining 80 yilligi.

Iqtisodchi olima, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi, iqtisod fanlari doktori, professor Ra’no Axatovna Ubaydullaeva (1936) tavalludining 80 yilligi.

Sozanda (doira), O‘zbekiston xalq artisti Qahramon Dadaev (1936) tavalludining 80 yilligi.

O‘zbekiston xalq artisti Po‘lat Saidqosimov (1931) tavalludining 85 yilligi.

Adabiyotshunos, matnshunos, O‘zbekistonda Respublikasi fan arbobi Abdurashid Xo‘jaevich Abdug‘afurov (1931-2005) tavalludining 85 yilligi.

Fizik olim, O‘zFA akademigi Toymas Sottievich Yo‘ldoshboev (1931) tavalludining 85 yilligi.

Toshkent Iqtisodiyot Universtiteti tashkil etilganligining 85 yilligi (1931).

Aktyor, xonanda (dramatik bariton), O‘zbekiston xalq artisti Sur’at Obidovich Po‘latov (1931-2005) tavalludining 85 yilligi.

Shoir Miraziz A’zam (1936) tavalludining 90 yilligi.

Aktyor, rejissyor, drammaturg, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Rixsiboy Orifjonov (1926-1979) tavalludining 90 yilligi.

Yozuvchi va jurnalist Maqsud Qoriev (1926-2010) tavalludining 90 yilligi.

Genetik-se¬leksioner olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Sodiq Mirahmedov (1926-1988) tavalludining 90 yilligi.

O‘zbekiston xalq artisti, O‘zbekiston Qahramoni Zikir (Zokir) Muhammadjonov (1921-2012) tavalludining 95 yilligi.

O‘zbekiston xalk artisti, kompozi¬tor Ikrom Ilhomovich Akbarov (1921-2011) tavalludining 95 yilligi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, aktyor, rejissyor, badiiy so‘z ustasi Ubaydulla Burhonovich Burhonov (1921-1998) tavalludining 95 yilligi.

Shoir va yozuvchi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Mirmuhsin Mirsaidov (1921-2005) tavalludining 95 yilligi.

Kulol, O‘zbekiston xalq rassomi Kamol Turobov (1921) tavalludining 95 yilligi.

Bog‘dorchilik va uzumchilik sohasidagi olim, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish tashkilotchisi Mahmud Mirzaevich Mirzaev (1921-2000) tavalludining 95 yilligi.

Rassom, O‘zbekiston BA faxriy a’zosi, O‘zbekiston xalq rassomi Rahim Ahmedovich Ahmedov (1921-2008) tavalludining 95 yilligi.

O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Shukrullo Yusupov (1921) tavalludining 95 yilligi.

Matematik olim, O‘zbekiston FA akademigi, fizika-matematika fanlari doktori, professor Vosil Qobulovich Qobulov (1921-2010) tavalludining 95 yilligi.

Diktor, O‘zbekiston xalq artisti Qodir Tojiev (1921-2001) tavalludining 95 yilligi.

Jurnalist va tarjimon, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Vahob Ro‘zimatov (1921-1994) tavalludining 95 yilligi.

Shoir va drama¬turg Ramz Bobojon (Ramz Nosirovich Bobojonov, 1921-2008) tavalludining 95 yilligi.

Opera xonandasi (bariton), O‘zbekiston xalq artisti Jamol Nizomxo‘jaev (1921) tavalludining 95 yilligi.

Fizik olim, O‘zbekiston FA muxbir a’zosi, texnika fanlari doktori, professor Fiyos Yoqubovich Umarov (1921-1988) tavalludining 95 yilligi.

Opera xonandasi O‘zbekiston xalq artisti Salimaxon Shoyusupovna Xo‘jaeva (1916-2004) tavalludining 100 yilligi.

Rassom, pedagog, O‘zbekiston BA akademigi, O‘zbekiston xalq rassomi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Malik Nabiev (1916-2008) tavalludining 100 yilligi.

O‘zbekiston xalq artisti, aktrisa Ikroma Boltaeva (1916-1993) tavalludining 100 yilligi.

Energetika sohasidagi olim, O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi Muzaffar Zohidxonovich Homidxonov (1916-1972) tavalludining 100 yilligi.

Kimyogar olim, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi Hamdam Usmonov (1916-1994) tavalludining 100 yilligi.

O‘zbek adibi Hasan Po‘lat (1911-1942) tavalludining 105 yilligi.

Aktyor, O‘zbekiston xalq artisti Qudrat Umarovich Xo‘jaev (1911-1981) tavalludining 105 yilligi.

Adabiyotshunos, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, filologiya fanlari nomzodi Yusuf Sultonov (1911-1991) tavalludining 105 yilligi.

Yozuvchi, dramaturg Oydin (Sobirova Manzura) (1906-1953) tavalludining 110 yilligi.

Opera xonandasi (bastakor), O‘zbekiston xalq artisti Ivan Nilovich Yesipov (1901-1963) tavalludining 115 yilligi.

Aktyor, rejissyor, o‘zbek teatri tashkilotchilaridan biri, O‘zbekiston xalq artisti Sayfi Olimov (1901-1984) tavalludining 115 yilligi.

Seleksioner olim Sergey Stepanovich Kanash (1896) tavalludining 120 yilligi.

O‘zbekiston xalq artisti Obid Jalilov (1896-1963) tavalludining 120 yilligi.

Rus yozuvchisi, jamoat arbobi, O‘zbekiston xalq shoiri Nikolay Semyonovich Tixonov (1896-1979) tavalludining 120 yilligi.

Birinchi o‘zbek aktyorlaridan, O‘zbekiston xalq artisti Rahim Pirmuhamedov (1896-1972) tavalludining 120 yilligi.

Sozanda (g‘ijjak), bastakor, O‘zbekiston xalq artisti Imomjan Ikromov (1891-1980) tavalludining 125 yilligi.

O‘rta Osiyo antropolog olimi Lev Vasilevich Oshanin (1881-1962) tavalludining 135 yilligi.

O‘zbekiston tarixi Davlat muzeyining 140 yilligi (1876).

Buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir, davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy (1441-1501) tavalludining 575 yilligi.

Sohibqiron, buyuk sarkarda Amir Temur (1336-1405) tavalludining 680 yilligi.

O‘rta Osiyolik matematik va astronom Nasriddin Tusi (1201-1274) (Abu Djafar Muhammad ibn Hasan Nasriddin Tusi) tavalludining 815 yilligi.

Foydali havolalar

O’zbekiston Respublikasi Hukumat portali

www.gov.uz

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis qonunchilik palatasi

www.parliament.gov.uz

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

www.mitc.uz

ZiyoNET
axborot ta’lim tarmog’i

www.ziyonet.uz
Copyright © 2001-2015
Jizzaxakm.uz Sayt ma'lumotlaridan to'liq yoki qisman foydalanganda va materiallarga tayanib chop etilganda ushbu, www.jizzaxakm.uz rasmiy veb-sayti uchun link ko'rsatilishi shart Barcha huquqlar himoyalangan.