Jizzax Viloyat Axborot Kutubxona Markazi

JizzaxAKM


Iqtibos

«Shunday odamlar borki ularning puli bor, va shundaylari borki ular boy»

— Koko Shanel

Valyuta kurslari

1 EUR = 9531.94 so'm
1 RUB = 136.86 so'm
1 USD = 8093.00 so'm

Ob-havo

-3.5 °C

Jizzax viloyati
2017-12-15 05:00:00

Murojaatlar statistikasi

Jami murojaatlar::36(100%)

Javob berilgan: 10(28%)

60% Complete (warning)

Ko'rib chiqilmoqda: 26(72%)

40% Complete (success)

Rad etilgan: 0(0%)

80% Complete (danger)

Sh.Rashidov nomidagi jizzax viloyat axborot-kutubxona markazi, Sh.Rashidov tumani Kompyuter texnologiyalari kasb-xunar kolleji bilan hamkorlikda “Men farzandimga kitob sovg‘a qilaman” aksiyasida AKM yangi kelgan adabiyotlar ko‘rgazmasi bilan qatnashganligi to‘g‘risida


2017-yil 8-iyun kuni Sh.Rashidov nomidagi jizzax viloyat axborot-kutubxona markazi, Sh.Rashidov tumani Kompyuter texnologiyalari kasb-xunar kolleji bilan hamkorlikda “Men farzandimga kitob sovg‘a qilaman” aksiyasida AKM yangi kelgan adabiyotlar ko‘rgazmasi bilan qatnashdi.

Tadbirda AKM tomonida 42ta yangi adabiyotlar ko‘rgazmasi va kitob yarmarkasi tashkil etildi. Tadbir avvalida ota-onalar farzandlari uchun kitoblar xarid qilishdi. Tadbirni Sh.Rashidov tumani Ijtimoiy iqtisodiyot va bank kasb-xunar kolleji iqtidorli talabasi J.Qosimov olib bordi. Birinchi bo‘lib so‘zga chiqqan Kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kolleji ARM rahbari S. Qo‘nishova “Men farzandimga kitob sovg‘a qilaman” aksiyasining mazmun mohiyati haqida ota-onalarga alohida tushuncha berib o‘tdi. Tadbir boshlovchisi Ota-onalarga farzandining kitobxonlik darajasiga qanday munosabatda ekanligi va kimlarning uyida shaxsiy kutubxona borligi haqida savol bilan murojat qildi. Ota-onalar o‘z fikr mulohazalarini bildirishdi. Talaba yoshlar ham o‘zlari sevib o‘qiydigan asarlar haqida o‘rtoqlashib, oxirgi marta o‘qigan kitoblarini qisqacha mazmuni bilan barchani tanishtirib o‘tishdi. AKM Ilmiy uslubiyat bo‘limi boshlig‘i N.Djabborova so‘zga chiqib, avvalo ota-onalar kitobxonlik madaniyatiga ega bo‘lmog‘i lozimligi haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. AKM O‘quv zali sektori bosh kutubxonachisi V. Xazratqulova yangi adabiyotlar ko‘rgazmasidagi adabiyotlarni barchasini kitobxonlarga qisqacha mazmuni haqida tanishtirib o‘tdi. AKM Yoshlar bilan ma’naviy va ma’rifiy Ishlash sektori yetakchisi B.Po‘latova tadbir so‘ngida AKM kitobxonlar uchun zamonaviy sharoitga ega ekanligi haqida batafsil ma’lumot bildirib, tadbir ishtirokchilariga AKM manzili ko‘rsatilgan vezetka va a’zo bo‘lish haqidagi kartochka AKM bilan tanishtiruvchi bo‘kletlar tarqatdi. Tadbirda 45 ta kitobxon qatnashdi.

Foydali havolalar

O’zbekiston Respublikasi Hukumat portali

www.gov.uz

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis qonunchilik palatasi

www.parliament.gov.uz

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

www.mitc.uz

ZiyoNET
axborot ta’lim tarmog’i

www.ziyonet.uz
Copyright © 2001-2015
Jizzaxakm.uz Sayt ma'lumotlaridan to'liq yoki qisman foydalanganda va materiallarga tayanib chop etilganda ushbu, www.jizzaxakm.uz rasmiy veb-sayti uchun link ko'rsatilishi shart Barcha huquqlar himoyalangan.