Jizzax Viloyat Axborot Kutubxona Markazi

JizzaxAKM


Iqtibos

Bizning hurmatimiz hech qachon yiqilmaganimizda emas, balki necha marotaba yiqilsak-da, qayta tura olishimizda

— Konfutsiy

Valyuta kurslari

1 EUR = 9531.94 so'm
1 RUB = 136.86 so'm
1 USD = 8093.00 so'm

Ob-havo

-3.5 °C

Jizzax viloyati
2017-12-15 05:00:00

Murojaatlar statistikasi

Jami murojaatlar::36(100%)

Javob berilgan: 10(28%)

60% Complete (warning)

Ko'rib chiqilmoqda: 26(72%)

40% Complete (success)

Rad etilgan: 0(0%)

80% Complete (danger)

Sh.Rashidov nomidagi jizzax viloyat axborot-kutubxona markazi, Sh.Rashidov tumani Kompyuter texnologiyalari kasb-xunar kolleji bilan hamkorlikda Yozuvchi va davlat arbobi Sh.Rashidov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan “MANGU E’ZOZLASHGA DAHLDOR ZOT” mavzusida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi


Sh.Rashidov nomidagi Jizzax viloyat AKM hamkorligida Sh.Rashidov tumani Kompyuter texnologiyalari kasb-xunar kolleji katta zalida 9-iyun kuni Sh.Rashidovning 100 yilligiga bag‘ishlab “Mangu e’zozlashga daxldor zod” mavzusida bayram tadbiri  o‘tkazildi.

Sharof Rashidov butun umri davomida O‘zbekistonni gullab yashnashiga katta hissa qo‘shgan. Sharof Rashidovning ilxombaxsh ijodkorligini, aql zakovatini, talabchan jo‘shqin tinimsiz faoliyati va ulug‘vor natijalari Sharof Rashidovni yuksak baxolaydi.Shukurlar bo‘lsinkim, mustaqil O‘zbekistonning qutlug‘ qadami bois taniqli zamondoshimiz Sharof Rashidov shaxsini tiklash to‘g‘risidagi hurmatli Prezidentimiz I.A.Karimovning farmonlari e’lon qilindi. Kutubxona, ko‘chalarga Sh.Rashidov nomi berildi. Yurtimizning barcha go‘shalarida Sh.Rashidovning 100 yilligiga bag‘ishlab keng miqiyosda bayram tadbirlari nishonlanib kelmoqda . Sh.Rashidov nomidagi Jizzax viloyat AKM hamkorligida Sh.Rashidov tumani Kompyuter texnologiyalari kasb-xunar kolleji katta zalida ham Sh.Rashidovning 100 yilligiga bag‘ishlab “Mangu e’zozlashga daxldor zod” mavzusida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Sh.Rashidov tumani Ijtimoiy iqtisodiyot va bank kasb-hunar kolleji iqtidorli talabasi J.Qosimov Jizzax shaxar Yengil sanoat kasb-xunar Kolleji iqtidorli talabasi Q.Sherqulovlar tadbirda boshlovchilik qilishdi.

Tadbirni Kompyuter texnologiyalari kasb-xunar Kolleji ARM rahbari S.Qo‘nishova ochib berdi. Sh.Rashidov hayoti va ijodi xaqida gapirib o‘tdi. Kompyuter texnologiyalari kasb-xunar kolleji talabalari Sh.Rashidovning yozgan she’rlaridan aytib berishdi. AKM Yoshlar bilan ma’naviy va ma’rifiy ishlash sektori yetakchisi B.Po‘latova Sh.Rashidovning “Kashmir qo‘shig‘idan” xirgoya qilib berdi va she’rlaridan ifodali qilib aytib berdi. Sh.Rashidovning xayoti va ijodiga bag‘ishlangan vidio lavha namoyish qilindi. Hamda San’at kolleji talabalarining mo‘siqiy chiqishlari tadbirga yanada bayramona kayfiyat bag‘ishladi. Sh.Rashidov tumani Ijtimoiy iqtisodiyot va bank kasb-xunar kolleji iqtidorli talabasi J.Qosimov ham mo‘siqiy chiqishlari bilan o‘z iqtidorini namoyish qildi Jizzax shahar yengil sanoat kasb-xunar kolleji iqtidorli talabasi Q. Sherqulov o‘zining yozgan she’rlaridan ishtirokchilarni bahramand etdi. AKM Yoshlar bilan ma’naviy ma’rifiy ishlash sektori yetakchisi B.Po‘latova tadbir yakunida faol ishtirok etganlarni fahriy yorliq bilan rag‘batlantirdi. AKM fondiga yangi kelgan adabiyotlarni slayd orqali ro‘yxatini barchaga tanishtirib, tadbir ishtirokchilariga AKM vezetka va obuna bo‘lish uchun kerakli xujjatlar kartochkasi va bo‘kletlar tarqatdi.

 

Foydali havolalar

O’zbekiston Respublikasi Hukumat portali

www.gov.uz

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis qonunchilik palatasi

www.parliament.gov.uz

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

www.mitc.uz

ZiyoNET
axborot ta’lim tarmog’i

www.ziyonet.uz
Copyright © 2001-2015
Jizzaxakm.uz Sayt ma'lumotlaridan to'liq yoki qisman foydalanganda va materiallarga tayanib chop etilganda ushbu, www.jizzaxakm.uz rasmiy veb-sayti uchun link ko'rsatilishi shart Barcha huquqlar himoyalangan.