Jizzax Viloyat Axborot Kutubxona Markazi

JizzaxAKM


Iqtibos

Hammaga do‘st bo‘lgan kishi hech kimga do‘st emas

— Aristotel

Valyuta kurslari

1 EUR = 9531.94 so'm
1 RUB = 136.86 so'm
1 USD = 8093.00 so'm

Ob-havo

-3.5 °C

Jizzax viloyati
2017-12-15 05:00:00

Murojaatlar statistikasi

Jami murojaatlar::36(100%)

Javob berilgan: 10(28%)

60% Complete (warning)

Ko'rib chiqilmoqda: 26(72%)

40% Complete (success)

Rad etilgan: 0(0%)

80% Complete (danger)

Sh.Rashidov tumani Olmachi daxasida joylashgan 25931 xarbiy qismda Sh.Rashidov nomli viloyat AKM xamkorligida “Kitob -tafakkur xazinasi ” mavzusida bulib o‘tgan tadbir to‘g‘risida


Qurolli Kuchlarimiz safida mardonavor xizmat qilayotgan xarbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari ishtirokida kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida “Kitob tafakkur xazinasi” deb nomlangan tadbir o‘tkazildi. Sh.Rashidov nomidagi AKM xodimlari tomondan yangi kelgan 58 nomdagi adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil qilindi. Harbiy qism komandirinig shaxsiy tarkib bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari V.Xamidov tadbirni ochib berdi. V.Xamidov o‘z nutqida yurtboshimiz kitobxonlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qarayotganliklariga urg‘u berib o‘tdi.

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha ma’naviyat va ma’rifat sektori yetakchisi B.Po‘latova so‘zga chiqib, AKM bugungi kundagi zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlanganligi kitobxonlar uchun barcha sharoitlar mavjudligi kitob fondi xar-xil turdagi yangi bebaho kitoblar bilan boyitib borilayotganligini hamda farzandlarining tarbiyasida xam muhim o‘rin egallashini alohida ta’kidlab o‘tdi va “Kitob ezgulikka eltuvchi yo‘l” nomli ma’ruzasini ishtirokchilar e’tiboriga havola etdi. Tadbir ishtirokchilariga ”Farzandnoma” asarining taqdimoti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha ma’naviyat va ma’rifat sektori yetakchisi B.Po‘latova tomonidan qilib o‘tildi. Xarbiy ijodkor yigitlar kitob , haqida yozgan ajoyib she’rlaridan tadbir ishtirokchilarini bahramand etdi. Xarbiylarimizni farzandlari kitob va vatan xaqida yod olgan she’rlarini aytib berishdi. Ilmiy uslubiyat bo‘limi bosh kutubxonachisi Yo Ashurova tomonidan ko‘rgazmadagi bolalar uchun adabiyotlarga alohida to‘xtalib, va barcha adabiyotlarga qisqacha sharh berib o‘tdi. Xarbiy xizmatchilarning turmush o‘rtoqlari farzandlari adabiyotlarimiz bilan tanishib, AKM ga a’zo bo‘lish shartlarini so‘rab bizdan kerakli barcha ma’lumotlarni oldilar. Albatta kutubxonaga borishimiz lozim ekan degan qiziqishlar bildirdilar. Tadbir sermazmun va qiziqarli bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 45 ta kitobxon qatnashdi.

Foydali havolalar

O’zbekiston Respublikasi Hukumat portali

www.gov.uz

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis qonunchilik palatasi

www.parliament.gov.uz

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

www.mitc.uz

ZiyoNET
axborot ta’lim tarmog’i

www.ziyonet.uz
Copyright © 2001-2015
Jizzaxakm.uz Sayt ma'lumotlaridan to'liq yoki qisman foydalanganda va materiallarga tayanib chop etilganda ushbu, www.jizzaxakm.uz rasmiy veb-sayti uchun link ko'rsatilishi shart Barcha huquqlar himoyalangan.