Jizzax Viloyat Axborot Kutubxona Markazi

JizzaxAKM


Iqtibos

Kamolotga yetmaganingni his qilishing, seni kamolotga yetaklaydi

— Gyote

Valyuta kurslari

1 EUR = 9531.94 so'm
1 RUB = 136.86 so'm
1 USD = 8093.00 so'm

Ob-havo

-3.5 °C

Jizzax viloyati
2017-12-15 05:00:00

Murojaatlar statistikasi

Jami murojaatlar::36(100%)

Javob berilgan: 10(28%)

60% Complete (warning)

Ko'rib chiqilmoqda: 26(72%)

40% Complete (success)

Rad etilgan: 0(0%)

80% Complete (danger)

Viloyatimiz haqida


Jizzax viloyati – OʻzR tarkibidagi viloyat. Respublikaning markaziy qismida. 1973 y. 28 dek.da tashkil etilgan. Shim.-sharqda Qozogʻiston Respublikasi va Sirdaryo viloyati, jan.gʻarbda Samarqand, Navoiy viloyatlari, jan.-sharqda Tojikiston Respublikasi b-n chegaradosh. Mayd. 21,1 ming km2. Aholisi 991 ming kishi (2001). J. v.da 12 qishloq tumani (Arnasoy, Baxmal, Doʻstlik, Jizzax, Zarbdor, Zafarobod, Zomin, Mirzachoʻl, Paxtakor, Yangiobod, Forish, Gʻallaorol), 7 shahar (Gagarin, Dashtobod, Doʻstlik, Jizzax, Marjonbuloq, Paxtakor, Gʻallaorol), 8 shaharcha (Boʻston, Zarbdor, Zafarobod, Zomin, Oʻsmat, Uchquloch, Yangiqishloq, Qoʻytosh), 95 qishloq fuqarolari yigʻini bor (2001). Markazi — Jizzax sh. (J. v. tumanlari haqida tegishli maqolalarga q.)Tabiati. Relyefi togʻlik, qir va tekisliklardan iborat. Jan. qismini Turkiston tizmasining tarmoqlari (Molguzar tizmasi), gʻarbini Nurota tizmasining sharqiy qismi egallagan. Shim., shim.-gʻarbi va sharqiy qismi (Mirzachoʻl va Qizilqum choʻlining jan.-sharqi) tekislikdan iborat. Iqlimi keskin kontinental. Yanv.ning oʻrtacha t-rasi —G dan —4° gacha, iyulniki 28°. Togʻ oldilarida iqlim choʻl va dashtlarga nisbatan yumshoq. Yillik yogʻin viloyat jan.da 400–500 mm, shim. da 250– 300 mm. Vegetatsiya davri 210—240 kun. Yillik quyoshli kunlar 2800—3000 soat. Eng yirik daryolari — Sangzor, Zominsuv. Togʻlardan oqib tushuvchi soy koʻp. Ekinlarni sugʻorish uchun Tuyatortar kanali, 1- va 2-Jan. Mirzachoʻl kanallari, Jizzax, Zomin, Qorovultepa suv omborlari qurilgan. 2001 y.da Arnasoy suv ombori qurila boshlandi. Arnasoy, Aydarkoʻl va Tuzkon koʻllaridan baliqchilikda foydalaniladi. Togʻ yon bagʻirlarida yovvoyi jiyda, archa, bodom, yongʻoq, naʼmatak, zira, rovoch, zirk kabilar oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan oq tirnoqli ayiq, chiyaboʻri, tulki, quyon, qobon, boʻrsiq, jayra uchraydi; burgut, lochin, qora turna, bulduruq, tuvaloq, tustovuq, qirgʻovul, yovvoyi oʻrdak, kaklik kabi qushlarning 150 dan ortiq turi mavjud. Viloyatda Zomin milliy bogʻi, Zomin va Nurota davlat quriqxonalari tashkil qilingan.

Tarkibida temir, oltingugurt, vodorod, radiy, kremniy kislotasi, karbon gazi, ishqor boʻlgan shifobaxsh mineral suvlar bor. Gʻallaorol, Forish, Mirzachoʻl tumanlarida balneologik sanatoriylar faoliyat koʻrsatadi. Sulfatxlorid natriyli Chimqoʻrgʻon balchigʻidan fizioterapiya va davolash profilaktika muassasalarida foydalaniladi.

Foydali qazilmalardan oltin, kumush, volfram, qoʻrgʻoshin, rux, temir, molibden, marmar, vollastonit, bazalt, granit, korund, ohak bor.

Aholisi 1 km2 ga 46,9 kishi toʻgʻri keladi (2001). Aholining koʻpchiligi oʻzbeklar, shuningdek, qozoq, qirgʻiz, tojik, rus, tatar, turk, ukrain, nemis, fors, arman va b. Jami 70 dan ortiq millat vakili yashaydi. Shaharliklar 30%, qishloq aholisi 70% ni tashkil etadi.

Xoʻjaligi. J. v. respublika i. ch.da va madaniy taraqqiyotida salmoqli oʻrin tutadi. Xususan, paxta, gʻalla, sabzavot, meva, chorva mahsulotlari yetishtiriladi. Bogʻdorchilikni rivojlantirishga eʼtibor berilmoqda. Qurilish materiallari, xalq isteʼmol mollari ishlab chiqaradigan korxonalar salmogʻi oshdi. Viloyatda tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida 2,5 mlrd. soʻmdan ziyod kredit mablagʻlari ajratildi. Faoliyat koʻrsatayotgan 9400 ga yaqin xoʻjalik subʼyektlarining qariyb 8300 tasi nodavlat xoʻjaliklaridir.

Viloyat 1973-yil29-dekabrida tashkil topgan. Respublikaning markaziy qismida joylashgan. Shimolda Qozogʻiston, janubda Tojikiston, gʻarbda Samarqand va sharqda Sirdaryo viloyatlari bilan chegaralanadi. Maydoni 20,5 ming kvadrat kilometrga teng boʻlib, respublika maydonining 4,5 foiziga teng. Tabiiy-geografik jihatdan viloyatning janub tomonlarida Turkiston togʻ tizmasining gʻarbiy tarmoqlari (Molguzar tizmasi), gʻarbiy qismida Nurota togʻ tizmasi tarmogʻi mavjud. Viloyat aholisi 1166,7 ming(2011)dan ortiq boʻlib, uning taxminan uchdan ikki qismi qishloq aholisi hisoblanadi. Jizzax viloyati hududida aholining oʻrtacha zichligi 57 kishi.

Viloyat tarkibiga 12 tuman kiradi: ArnasoyBaxmalDoʻstlikGʻallaorolJizzaxZarbdorZafarobodZominMirzachoʻlPaxtakorForish va Yangiobod.

Viloyatda 7 shahar mavjud, markazi Jizzax shahri.

Viloyatda 2 ta oliy oʻquv yurti, 31 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablari bor.

Jizzax viloyati
Mamlakat Oʻzbekiston
Maqomi viloyat
Maʼmuriy markazi Jizzax
hokim Sayfiddin Ismoilov
Aholi (2011) 1 166 700 (4-o’rin)
Dinlar tarkibi musulmonlar
Maydoni 20.500 yerlari
Jizzax viloyati xaritada
Soat mintaqasi UTC + 5
Qachon ISO 3166-2 SE

Foydali havolalar

O’zbekiston Respublikasi Hukumat portali

www.gov.uz

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis qonunchilik palatasi

www.parliament.gov.uz

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

www.mitc.uz

ZiyoNET
axborot ta’lim tarmog’i

www.ziyonet.uz
Copyright © 2001-2015
Jizzaxakm.uz Sayt ma'lumotlaridan to'liq yoki qisman foydalanganda va materiallarga tayanib chop etilganda ushbu, www.jizzaxakm.uz rasmiy veb-sayti uchun link ko'rsatilishi shart Barcha huquqlar himoyalangan.