Jizzax Viloyat Axborot Kutubxona Markazi

JizzaxAKM


Iqtibos

Hammaga do‘st bo‘lgan kishi hech kimga do‘st emas

— Aristotel

Valyuta kurslari

1 EUR = 9531.94 so'm
1 RUB = 136.86 so'm
1 USD = 8093.00 so'm

Ob-havo

-3.5 °C

Jizzax viloyati
2017-12-15 05:00:00

Murojaatlar statistikasi

Jami murojaatlar::36(100%)

Javob berilgan: 10(28%)

60% Complete (warning)

Ko'rib chiqilmoqda: 26(72%)

40% Complete (success)

Rad etilgan: 0(0%)

80% Complete (danger)

Yunus Rajabiy nomidagi Jizzax viloyat mo‘siqali drama teatrida Jahon adabiyoti 20 yilligiga bag‘ishlab, o‘tkazilgan, bayram tadbirining, Jizzax plastmassa aksiyadorlik jamiyatiga uyushtirilgan ijodiy uchrashuvi to‘g‘risida


Tadbirda Yozuvchilar uyushmasi raisi M.Abdurahmonova boshlovchilik qildi. Tadbirga so‘zga chiqqanlardan jahon adabiyotining bosh muharriri Sh.Rizayev Jahon adabiyotining yoshlarning ma’naviy olamini keng va boy bo‘lishida o‘rni beqiyos ahamiyatga ega ekanligini aytib o‘tdi. Ozod Sharafiddinov qand kasaliga chalinib qolib, kasallik oqibatida ikkala oyog‘idan ham ajralib, xatto shunday og‘ir vaziyatda, sakkiz yil mobaynida tinim bilmay tarjimalar qilib. jahon adabiyoti ravnaqiga ulkan hissa qo‘shganliklarini cheksiz hayajon bilan yodga oldi. O‘zbekiston xalq ijodkori Usmon A’zam o‘z she’rlaridan tadbir qatnashchilarini bahramand etdi. Filologiya fanlari nomzodi Rahmon Qo‘chqor O‘zlarining yoshlarga qarata aytgan oddiygina kitob o‘qimagan bitta Vatanfurush bolaning xar-xil oqimlarga qo‘shilib, qurolli to‘qnashuvlar ishtirokchisiga aylanib, barcha o‘zbek halqiga soya solayotganligi, yoshlar sergak bo‘ling ogoh bo‘ling kitob va yana kitob bilan oshno bo‘ling deya bildirgan fikrlari barchani larzaga soldi. Tarjimon Amir Fayzulla xam so‘zga chiqib , Asli Jizzax kindik qoni to‘kilgan makoni ekanligini tilga oldi va Sangamdagi xind qo‘shig‘ini hirgoya qilib, tadbirga o‘zgacha ruhiyat bag‘ishladi. Asli Jizzax farzandi bo‘lgan ijodkor Farog‘at Kamolova ham Toshkentdan ushbu tadbirga taklif etilgan mehmonlarimizdan bo‘lib, o‘zining ohangrabodek diltortar she’rlaridan aytib berdi. JDP instituti professori M.Xolbekov ham so‘zga chiqib yoshlarning kitobxonlikka jiddiy e’tibor qaratishlari lozimligi qolaversa jahon adabiyotinining bebeho hazina ekanligini ta’kidlab o‘tdi.San’atshunos A.Ishoqov bugungi kunda o‘zbek filmlari saviyasi yuqori bo‘lishida ijodkor yozuvchilar bilan hamkorlik muhim o‘rin egallashi haqidagi fikrlarini bildirdi. Tadbir yoshlar qalbida chuqur urin egallaydigan darajadagi yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.


Kunning ikkinchi yarmida Jizzax plastmassa aksiyadorlik jamiyatiga ijodiy uchrashuv tashkil qilindi. Dastlab, Toshkentlik mexmonlarimiz Plastmassa zavodidagi ish jarayoni bilan yaqindan tanishdilar. Jizzax plastmassa aksiyadorlik jamiyati mo‘zeyiga tashrif buyurdilar. O‘zimizning Jizzaximizda mana shunday sifatli har -xil rangli plastmassa ro‘zg‘or idishlari bolalar o‘yinchoqlari ishlab chiqarilayotgani O‘zbekistonnig bu ham bir yutig‘i deya mehmonlarimiz Jizzaxning har tomonlama yuksalib gullab yashnayotganligini alohida aytib o‘tishdi. Ushbu ijodiy uchrashuv chog‘ida sevimli ijodkorlarimizning ijodlari bilan yaqindan tanishish imkoniyati tug‘ildi. Ular tomonidan aytilgan serma’no fikrlar ma’naviy olamimizni yanada charog‘on etishiga xizmat qildi desam mubolag‘a bo‘lmaydi.Ijodiy uchrashuv sherxonlikka boy va mazmunli bo‘lib o‘tdi.

Foydali havolalar

O’zbekiston Respublikasi Hukumat portali

www.gov.uz

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis qonunchilik palatasi

www.parliament.gov.uz

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

www.mitc.uz

ZiyoNET
axborot ta’lim tarmog’i

www.ziyonet.uz
Copyright © 2001-2015
Jizzaxakm.uz Sayt ma'lumotlaridan to'liq yoki qisman foydalanganda va materiallarga tayanib chop etilganda ushbu, www.jizzaxakm.uz rasmiy veb-sayti uchun link ko'rsatilishi shart Barcha huquqlar himoyalangan.